Previous slide
Next slide

"Markaziy Osiyoda yagona salomatlik" tashabbusi bo‘yicha mintaqaviy texnik yig‘ilish

Buyurtmachi: World Bank

Sana va joy: 5-7 iyun, Samarqand, "Silk Road by Minyoun" mehmonxonasi by Minyoun
Ishtirokchilar soni: 50-100

Markaziy Osiyo davlatlarining sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va moliya sohalari bo‘yicha davlat idoralari vakillari Samarqandda o‘tkazilgan "Markaziy Osiyoda "Yagona salomatlik" konsepsiyasi asosida harakatlar dasturini ishlab chiqish" bo‘yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etdilar.

Seminarda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Hayvonlar salomatligini muhofaza qilish xalqaro tashkiloti (HSXMT), BMTning Atrof-muhit dasturi (YUNEP) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari qatnashdilar.

Kompaniyamiz tadbirni "kalit topshirish" usulida tashkil etdi, jumladan: barcha ishtirokchilar va ekspertlar uchun logistik yordam, tadbir joyini kelishish, ishtirokchilar uchun yo‘nalishlarni tanlash, aviachiptalar yoki temir yo‘l chiptalarini xarid qilish, mehmonlarni kutib olish va kuzatib qo‘yishni tashkil etish, ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtirish, tadbirlar uchun zallarni tayyorlash, zarur jihozlar va materiallarni ta’minlash, ovqatlanishni tashkil etish, tarqatma materiallar uchun dizayn yaratish va ishlab chiqarish, tadbirni umumiy muvofiqlashtirish, transport va logistika xizmatlari hamda boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oldi.