Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC, AQSH)

Buyurtmachi: CDC (AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari)

Sana va joy: 2017-2024-yillar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston
Mehmonlar soni: 500 dan ortiq

2017-yildan buyon kompaniyamiz Markaziy Osiyoda Amaliy Epidemiologiya dasturi doirasida CDC uchun kompleks ma’muriy va logistika yordamini amalga oshirib kelmoqda.Loyiha treninglarni tashkil etish va o‘tkazishni, kasalliklar tarqalishiga tez javob beruvchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni, shuningdek, tibbiyot mutaxassislarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini ta’minlashni o‘z ichiga olad

Ishning asosiy yo‘nalishlari:

  • Logistik qo‘llab-quvvatlash va boshqaruv: Tibbiyot mutaxassislari, jumladan veterinarlar, epidemiologlar va jamoat salomatligi bo‘yicha mutaxassislar uchun treninglar, seminarlar va ixtisoslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish.
  • Tez harakat qiluvchi guruhlar: Markaziy Osiyoda o‘ta xavfli kasalliklar tarqalishiga qarshi tez harakat qiluvchi guruhlarni shakllantirish va boshqarish.
  • Xalqaro ishtirok: Xalqaro anjumanlar va simpoziumlarda ishtirokchilarni tayyorlash va hamrohlik qilish.
  • Jihozlarni sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish: Zarur texnik jihozlar, sarf-xarajat materiallari va tibbiy ashyolarni sotib olish va ta’minlash.
  • Hisobotlar tayyorlash va byudjetga rioya qilish: CDC va TEPHINET ko‘rsatmalariga muvofiq muntazam hisobot berish va byudjetni nazorat qilish

Ish natijalari:

  • 2017-2024:
  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda tibbiyot mutaxassislari uchun ko‘plab treninglar va seminarlar o‘tkazildi, bu esa malakaning sezilarli darajada oshirishga xizmat qildi.
  • O‘ta xavfli kasalliklar tarqalishiga tezkor javob berish guruhlari samarali tashkil etildi va boshqarildi.
  • Vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur uskunalar va sarflanadigan materiallar bilan ta’minlandi.
  • 500 dan ortiq tibbiyot xodimi uchun 25 dan ziyod tor ixtisoslashgan treninglar o‘tkazildi.
  • Markaziy Osiyoda yuqumli kasalliklarning 6 ta rejali tadqiqoti o’tkazildi va 3 ta tarqalish o’chog’i o‘rganild.

Butun tadbir davomida maydonchadagi hisobotlar va byudjetlarga rioya qilish bo‘yicha barcha talablar to‘liq bajarildi.