MICE

Xorijga ish safarlarini tashkil etishda yoki xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishda biz har bir mijoz uchun individual dasturni ishlab chiqamiz.

Har qanday darajadagi biznes sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan holda, biz aniq bilamizki, uchrashuvlar sohasida eng muhimi - birorta ham tafsilotni o‘tkazib yubormaslik va har bir qadamni rejalashtirishdir. Zero, ish turizmi nafaqat biznes-vazifalarni hal qiladi, balki kompaniya obro‘sini ham aks ettiradi.

Bizning mijozlar to’plamimiz, standart travel-xizmatlar to‘plamidan tashqari (chiptalarni bron qilish, mehmonxonalarni tanlash, vizalarni rasmiylashtirish va boshqalar), shuningdek, hamkorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlarni tashkil etish, konferensiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish, ekskursiyalar va rasmiy qabullarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

Biz uchun kichik narsa yo‘q!Chiptalarni buyurtma qilish, dastur tuzish va protokolga rioya etishdan tortib mehmonxona manzarasi yoki rasmiy tushlikdagi ofitsiant galstugining rangigacha bo‘lgan barcha jihatlar sayohat haqidagi umumiy taassurotni tashkil etadi.

Biz sayohatingiz "yo‘nalishi"ni puxta ishlab chiqamiz, uni - samarali, yorqin va unutilmas voqeaga aylantiramiz.