Yorqin HR-tadbir - bu kompaniyadagi ijobiy o‘zgarishlarning boshlanishi. Jamoangizda 50 yoki 3000 kishi bo‘lishidan qat’i nazar, biz har bir xodimning manfaatlarini inobatga olamiz, uni hodisalarning markaziga qo‘yamiz, uning qadrini ko‘rsatamiz va yangi yutuqlarga ruhlantirамiz.
Bizdan yuzaki yoki boshqa mijozlar uchun bir necha bor amalga oshirilgan oddiy va zerikarli g‘oyalarni kutmang. Oddiy trening, xolding yubileyi yoki bo‘limlar o‘rtasidagi futbol o‘yini - har qanday HR tadbiri biz uchun tajribalar va ijod uchun keng imkoniyatlar ochadi va biz bu imkoniyatni albatta qo‘ldan boy bermaymiz!
- Tadbir formatini tavsiya qilish
- Detalargacha batafsil ssenariy ishlab chiqish
- O‘tkazish joyini tanlash va bron qilish
- Zarur materiallarni tayyorlash
- Inventar va texnik jihozlar bilan ta’minlash
- Loyihani har tomonlama muvofiqlashtirish, jumladan transport xizmatlari, yashash joyi va ovqatlantirish xizmatini tashkil etish
- HR tadbirini eng yuqori darajada o‘tkazish