EZ Solutions IMF 2026 xalqaro forumida eng baxtli jamoalardan biri sifatida e’tirof etildi
Markaziy Osiyoda korporativ sektor bo‘yicha eng yirik event-agentliklardan biri bo‘lgan EZ Solutions - V Xalqaro boshqaruv forumi (IMF 2026) doirasida o‘tkazilgan “Счастье в деле!” nomli nufuzli jonli jamoalar tanlovida g‘olib deb topildi.
EZ Solutions 150 nafargacha bolgan xodimga ega kompaniyalar toifasida “Изящный бизнес” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu yuksak korporativ madaniyat hashamatlik emas, balki samarali biznesning mustahkam poydevori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Forum 2026 yil 29-31 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi va unda fikr yetakchilari, xalqaro darajadagi ekspertlar hamda yirik kompaniyalarning HR-direktorlari ishtirok etdi. Muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri - biznesni yangi avlod yetakchilariga moslashtirish va kadrlar tanqisligini bartaraf etish bo‘ldi.
“Счастье в деле!” tanlovi jamoalarning ichki muhitini 12 ta asosiy mezon bo‘yicha baholadi - o‘zaro ishonch darajasidan tortib, har bir xodimning o‘zini namoyon qilish imkoniyatigacha.
Qattiq dedlaynlar va yuqori stress bilan ajralib turadigan event-industriyada EZ Solutions shunday ish muhitini shakllantira oldiki, unda jamoa loyihalarga bo‘lgan qiziqish va jalb etilganlikni saqlab qoladi, natija sifatidan esa voz kechmaydi.
EZ Solutions uchun ushbu mukofot biznes samarali bo‘lishi bilan birga insonparvar va moslashuvchan bo‘lishi mumkinligining isboti bo‘ldi.
“Bizning sohamizda aynan yuqori korporativ madaniyat va to‘g‘ri boshqaruv jamoada shunday baxt darajasini ta’minlay oladi. Biz ishonamiz-ki: chinakam kuchli voqealarni faqat o‘z ishini sevadigan va hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashini his qiladigan insonlar yaratadi. Bu mukofot - jamoamizdagi har bir xodimning hissasidir” - Mixail Zemskov, EZ Solutions hammuassisi izoh berdi.